Metodologiya

Metodologiya va ma’lumotlar

Atamalar, hisoblash tartibi, cheklovlar, ma’lumotlar katalogi va ochiq API.

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot
Doimiy statistika kuzatuvlarida to‘liq qamrab olinmagan, bilvosita usullar bilan baholanadigan faoliyat: norasmiy + yashirin.
Norasmiy iqtisodiyot
Uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslarning ro‘yxatdan o‘tmagan ishlab chiqarish faoliyati.
Yashirin iqtisodiyot
Qonun bilan taqiqlanmagan, ammo soliq va majburiyatlardan qochish uchun ataylab berkitilgan faoliyat.
Chegaraviy qiymat
Ko‘rsatkichning iqtisodiy xavfsizlikka tahdid boshlanadigan darajasi (Kalina, Savelyeva, 2014).

HIXI risk omillari indeksi

  • A. Mehnat bozori formalligi: bandlik darajasi (↓ xavf) va hisoblangan ishsizlik = (faollik − bandlik) / faollik (↑ xavf).
  • B. Daromad salohiyati: aholi jon boshiga YaHMning respublikaga nisbati, logarifm (↓ xavf). Nisbat inflyatsiyani olib tashlaydi.
  • C. Iqtisodiy tuzilma: kichik biznes ulushi YaQQda (↑ xavf). Mayda subyektlar ko‘p bo‘lsa, faoliyatni kuzatish qiyinroq; bu kichik biznesning o‘zi xufyona degani emas.
  • Normalizatsiya: min-max, 2017–2025 barcha hudud-yillari bo‘yicha qat’iy chegaralar — yillar taqqoslanadi.
  • Agregatsiya: komponent ichida teng; orasida foydalanuvchi vazni; arifmetik yoki geometrik o‘rtacha.
  • Sezgirlik: 2 000 ta Monte-Karlo (Dirichlet vaznlar × usul). Validatsiya: rasmiy kuzatilmaydigan ulush bilan Spearman ρ; rasmiy ulush indeksga kiritilmagan.

Xavfsizlik zonalari

Kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi < 20% — me’yorda, 20–40% — chegaradan yuqori, ≥ 40% — kritik. Ishsizlik chegarasi — 8%. Chegaralar Rossiya hududlari uchun adabiyotdan olingan; O‘zbekiston uchun rasman tasdiqlangan chegaralar yo‘q.

Simulyator

  • 1-qatlam: sof arifmetika. Qo‘shimcha daromad = (legallashgan yashirin + ro‘yxatga o‘tgan norasmiy qo‘shilgan qiymat) × effektiv byudjet yuki. Sababiy da’vo yo‘q.
  • 2-qatlam: panel regressiya, 14 hudud × 9 yil, hudud va yil fixed effects, CR1 klaster xatolar, t(13) kritik qiymati. Natija — bog‘liqlik koeffitsienti, ta’sir emas.

Tuman darajasi

Xarita 199 tuman va shahargacha tushadi. Kuzatilmaydigan iqtisodiyot va indeks indikatorlari faqat viloyatlar kesimida rasmiy e’lon qilinadi, shuning uchun tumanlar viloyat qiymati bilan bo‘yaladi va belgilanadi. Tuman nomlari geoBoundaries’dagi ruscha transliteratsiyadan o‘zbek lotin yozuviga o‘girilgan; Toshkent shahri chegaralari eski (7 tuman).

Cheklovlar

  • HIXI rasmiy xufyona iqtisodiyot hajmi emas va uni almashtirmaydi.
  • 14 hudud × 9 yil = 126 kuzatuv: statistik kuch past, regressiya beqaror.
  • 2024→2025 norasmiy ulushdagi keskin pasayishning uslubiy sababi rasmiy izohlanmagan.
  • Naqdsiz to‘lov va soliq tushumlarining hududiy qatorlari hali bazada yo‘q.
  • 2024–2025 qiymatlarining bir qismi SIAT’da dastlabki deb belgilangan.

“Yashirin iqtisodiyot xaritasi”dan farqi

Bosh prokuratura platformasi — idoraviy, yopiq, korxona darajasidagi nazorat vositasi. SHADOW.UZ faqat ochiq agregat ma’lumot bilan ishlaydi, metodologiyasi to‘liq ochiq va siyosat samaradorligini mustaqil baholash uchun mo‘ljallangan. Shaxsga oid ma’lumot ishlatilmaydi.

Ochiq API

FastAPI xizmati (api/main.py). Barcha javoblar JSON, manba havolasi bilan.

GET /v1/metameta, sources
GET /v1/regions?lang=uz|ru|enregions
GET /v1/series/{indicator}?region=SUinformal, shadow, noe, grp_pc, emp_rate, act_rate, sme_share, unemp
GET /v1/index?year=2025&wA=1&wB=1&wC=1&method=arithHIXI ranking
GET /v1/security?year=2025security zones